"XABAR OLING"

No'malum. Muallifning She'ri

Yor-yor qilib uzatib
Jigaringiz kuzatib
Saramjon uy betartib
Qizlardan xabar oling!

Begona uyda yolg'iz
So'z deyolmas bir og'iz
Eslab bolalik chog'iz
Qizlardan xabar oling!

U ham erkin yurgandi
Istaganin kiygandi
Yirtiq kiyish o'rgandi
Qizlardan xabar oling!

Kerak emas tillo zar
Ayting suyunchi xabar
Xoli bo'lmasdan battar
Qizlardan xabar oling!

Go'yo edi niholday
Qurimasin suv quyay
Jigaringiz har qalay
Qizlardan xabar oling!

Kecha tush ham ko'rgandi
Sizni quchib o'pgandi
Yurakdan sog'ingandi
Qizlardan xabar oling!

Umr o'tkinchi albat
To'lib ketmasdan toqat
Sizga eng zo'r ibodat
Qizlardan xabar oling!.

Xoli emasmi xasta
Qalbi bo'lmay shikasta
Bo'lsa ham sekin asta
Qizlardan xabar oling

Kiyim kechagiz yuvgan
Dazmol qilib qurutgan
Sirlaringiz sir tutgan
Qizlardan xabar oling!

To'rtta non kelmang olib
Kelsangiz bas vaqt topib
Yayrasin quvnab chopib
Qizlardan xabar oling!

Farzandlardan ortmaydi
G'aflat bosib yotmaydi
U dushmanga sotmaydi
Qizlardan xabar oling!

Ojizaku ahir u
G'ururlanar sizdan u
Imkoniyatingiz borku
Qizlardan xabar oling!

Onangiz bo'lar rozi
Otangiz tosh tarozi
Bo'lsin baland ovozi
Qizlardan xabar oling!

Hayot karvon o'tadi
Sizni mushtoq kutadi
Tashvishin unutadi
Qizlardan xabar oling!

Akam-ukam,jigarim
Sadoqatda sarvarim
Siz topilmas gavharim
Qizlardan xabar oling!

Zaxar zavqum yutmasdan
U hayotga to'ymasdan
Olloh olib qo'ymasdan
Qizlardan xabar oling!

  HIKOYALAR va SHE'RLAR
Vatan

No'malum. Muallifning She'ri

ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИГИ

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Armon Qasri

Lochinbek Sharopov. Muallifning She'ri

"Yaltiroq"ga bag'ishlanadi

Ibrohimbek BAHODIROV. Muallifning She'ri

Ona tilim

Bahodirov. Muallifning She'ri

ОТА ВА ЎҒИЛ

No'malum. Muallifning She'ri

ОНАНГИЗ АСРАНГ!!!

No'malum. Muallifning She'ri

ТАҲОРАТ БИЛАН УХЛАСА

No'malum. Muallifning Hikoyasi

ФАРЗАНД ТАРБИЯСИ !!!

No'malum. Muallifning She'ri

БОРИНГИЗГА ШУКУР

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Oʻqituvchi haqida masal

No'malum. Muallifning Hikoyasi

КАРАНТИНДА ТЎЙ ҚИЛДИМ

Xurshid Karim. Muallifning She'ri

Created by  Master Sherkulov