No'malum. Muallifning Hikoyasi
- Yerga bir tomchi asal tushdi va bitta kichkina chumoli kelib, asaldan bir oz tatib ko'rdi va ketdi...
- Bir oz vaqt o'tgandan keyin yana takror asal egani keldi. Chunki asalning mazasi uni o'ziga maftun qilgandi...
- Biroz asaldan egandan so'ng ketmoqchi bo'ldi, biroq asal judayam lazzatli edi...
- Nima bo'lganda ham asalni tashlab keta olmadi....
- Chunki u asalni mazasini endi - endi tatib ko'rmoqda edi, shuning uchun ham u asalga mukkasidan ketgan edi...
- Asal tomchisini ichiga o'zini otdi va mazza qilib uni edi...
- Va xottoki undan chiqib ketmoqchi bo'lganida, o'zida kuch topa olmadi....
Qancha harakat qilmasin, harakati uni qutqarish o'rniga asal tomchisiga battar g'arq qilib borardi Va chumoli shu asnoda tipirchilay tipirchilay jon berdi...
- Chumoli agar ochko'zlik qilmasdan ozgina asal bilan qanoatlanganda edi, halok bo'lmagan bo'lar edi...
- Hazrati Umar roziyallohu anhu shunday deydilar....
- Dunyo katta bir asal tomchisidir. Kim undan etarli miqdor bilan kifoyalansa qutiladi.
- Endi kim unga ochko'zlik bilan tashlansa, chumoli kabi asalga g'arq bo'lib, halok bo'ladi"...
No'malum. Muallifning She'ri
Xurshid Karim. Muallifning She'ri
Lochinbek Sharopov. Muallifning She'ri
Ibrohimbek BAHODIROV. Muallifning She'ri
Bahodirov. Muallifning She'ri
No'malum. Muallifning She'ri
No'malum. Muallifning She'ri
No'malum. Muallifning Hikoyasi
No'malum. Muallifning She'ri
Xurshid Karim. Muallifning She'ri
No'malum. Muallifning Hikoyasi
Xurshid Karim. Muallifning She'ri