No'malum. Muallifning Hikoyasi
Ayol ko'chada keta turib yo'l chetida qaxraton qish kunida yupun kiyinib olgan qariyaga ko'zi tushdi. Otaxon ochlikdan sillasi qurigan, yo'lovchilarga umid bilan termulib o'tirardi. Ayol otaxonni qorni och ekanligini sezdi. Asta uning oldiga yaqinlashib salom berdi va u bilan birga restoranga borishni taklif qildi. Otaxon ayol uni kalaka qilyapti deb o'ylab uning taklifini rad etti. Ammo ayol so'zida turib oldi.
Ikkovlon qimmat restoran tomon yo'l oldilar. Restoranga kirib, o'tirishlari bilan u yerning rahbari yugurib kelib otaxondan u yerni tezda bo'shatib qo'yishni so'radi. Ayol rahbarga yuzlanib chol hech qayerga ketmasligini aytdi. Ammo rahbar o'z so'zida turib oldi. Restoranga amaldoru obro'li odamlar kelishini, cholning o'rni emasligini aytti. Shunda ayol birdaniga, «kecha bank hodimlarining banketi bo'ldimi», dedi. Rahbar banket bo'lganini, bank hodimlari hamma bayramlarni ularning restoranida nishonlashlarini mamnuniyat bilan aytti. Shunda ayol o'zini bank bosh direktori ekanligini va qarshisidagi otaxon uning mehmoni ekanligini aytti. Buni eshitgan rahbar lom-mim demay tezda orqaga qaytti.
Ovqatlanib bo'lishgach otaxon ayol nega unaqa qilganini so'radi. Ayol: «Bolaligimda biz juda qashshoq yashaganmiz. Och qolgan kunlarimiz ko'p bo'lgan. Onamni qo'llariga pul tushgan paytda bizni yemakxonaga olib borardilar. U yerdagilar esa bizni haydab solardilar. Usha payt men o'zimga «hech qachon och va nochor odam oldidan befarq o'tib ketmayman, ularga yordam beraman» deb va’da bergandim...
No'malum. Muallifning She'ri
Xurshid Karim. Muallifning She'ri
Lochinbek Sharopov. Muallifning She'ri
Ibrohimbek BAHODIROV. Muallifning She'ri
Bahodirov. Muallifning She'ri
No'malum. Muallifning She'ri
No'malum. Muallifning She'ri
No'malum. Muallifning Hikoyasi
No'malum. Muallifning She'ri
Xurshid Karim. Muallifning She'ri
No'malum. Muallifning Hikoyasi
Xurshid Karim. Muallifning She'ri