No'malum. Muallifning Hikoyasi
Bir kishi katta shaharga bordi. Bozorni aylanib yurib, attorlik do'koniga kirdi. Turfa muattar hidlardan boshi aylanib, ko'zi tinib, hushidan ketdi. Xalq hushsiz odamning boshida to'plandi. Ba'zilari qo'llarini uqalar, ba'zilari esa o'tkir hidli narsalarni yuziga sepib, uni o'ziga keltirmoqchi bo'lardi. Lekin u kishi aslo o'ziga kelmasdi. Chorasiz qolganlar: "U odam kim o'zi, bu yaqin orada qarindosh-urug'i bormi?" deb surishtira boshladilar. Lekin biror kishi uni tanimas, hech kim "Bu mening qarindoshim", deb yaqiniga kelmas edi. Oqshom payti u yerdan o'tayotgan terichilardan biri hushsiz yotgan odamni tanidi va uni o'rab olgan xalqqa:
– Zinhor uning yuziga xushbo'y narsalar sepa ko'rmang. Men uning xastaligi sirini bilaman. Sizlar undan uzoqroq turing – men hozir uning dardiga davo bo'ladigan dorini olib kelaman, – dedi va voqea joyidan shoshilinch uzoqlashdi.
U odam bir xarobaga kirdi va u yerdan bir oz go'ng olib, ortiga qaytdi. Hushsiz yotgan odamga o'sha go'ngni hidlatgan edi, bu odam ko'zini ochdi. Voajab! Sal o'tmay o'rnidan turib, go'ng keltirgan kishi bilan u yerdan uzoqlashdi. U odam ham terichi edi. Uzoq yillardan beri badbo'y hidlar ichida ishlab, ularga o'rganib qolgan, attor do'konidagi xushbo'y hidlar esa uni hushidan ketkizgan edi.
"Qo'ng'iz go'ng titkilagani uchun ham xushbo'y hidlardan qochadi... Uning nasibasi xuddi shu inson ko'nglini behuzur qiluvchi yoqimsiz hidlardir. Chunki u shunga o'rgangan – chorva hidlari joni-taniga singib ketgan.
Aqlli kishilar ham aqlsizlarni to'g'ri yo'lga solish uchun ularga hikmatli so'zlar bilan nasihat qiladilar, xushbo'y hidlar bilan tarbiya qilmoqchi bo'ladilar. Kimga xushbo'y hidli narsalar yordam bermasa, demak, bunday odam badbo'y hidlarga o'rgangandir.
No'malum. Muallifning She'ri
Xurshid Karim. Muallifning She'ri
Lochinbek Sharopov. Muallifning She'ri
Ibrohimbek BAHODIROV. Muallifning She'ri
Bahodirov. Muallifning She'ri
No'malum. Muallifning She'ri
No'malum. Muallifning She'ri
No'malum. Muallifning Hikoyasi
No'malum. Muallifning She'ri
Xurshid Karim. Muallifning She'ri
No'malum. Muallifning Hikoyasi
Xurshid Karim. Muallifning She'ri