No'malum. Muallifning Hikoyasi
Qarisi bor uyning farishtasi bor deyishgani rost ekan. Farishtamning qadriga yetmagan ekanman.
Salom Oqayiq Uz sayti foydalanuvchilari. Sirlashamiz rukni ostidagi hayotlaringizni kuzatib boraman...lekin bugungi mavzuni o'qib men ham hayotda qilgan xatoyimni yozmoqchi bo'ldim.
Oilada kenja farzndman, dadamning buvilari bilan birga turganmiz. Kichkina jusalik bu ayol sabr, matonatli, oqila, mehnatkash ayol edilar. Yoshlari 90 dan oshsa ham uy ishlaridan tinmasdi, onam vrach kun bo'yi ishda, bizni katta qilgan, qaragan, ovqatimizni tayyorlagan, bizga bor mehrini berib katta qilgan inson edi. Oddiygina aytsak ertaklarda yozilgan mehribon, farishtali buvi edilar.
Alam bilan eslayman kasal bo'lib yotib qoldilar hudbinligimmi, yoshlik qilganmanmi kasal vaqti deyarli qaramasdim, oldilariga faqat ovqatini bergani kirardim, odamga zor edilar. Lekin shundayam doim duo qilardilar. Olamdan o'tdilar..
Men ham turmushga chiqdim, dunyoning ishini qarangki qari kampir bor uyga, biz erim, qaynonam va buvisi yashaymiz. Lekin bu kampir meni buvimning teskarisi, tilidan qarg'ish tushmaydi, 3 yil bo'ldi duo qilganini eshitmayman. Er hotin ahil bo'lsak urush qiladi, hatto kulib qarashimizgayam janjal qiladi, baxtimga qaynonam juda ham yaxshi ayol, erim ham meni deydi.
Lekin yuragimni alam tirnaydi uyimdagi buvijonimga qilmagan korsatmagan mehrim uchun hudoyimning menga bergan jazosimikan? Lekin hech nima javobsiz qolmaydi deganlari shu bo'lsa kerak..
Nima bo'lganda ham er-xotin ahilmiz, qaynona onajonim yaxshi inson shular borligi uchungina hudoyimga shukr aytib barchasiga sabr qilib yashamoqdaman.
No'malum. Muallifning She'ri
Xurshid Karim. Muallifning She'ri
Lochinbek Sharopov. Muallifning She'ri
Ibrohimbek BAHODIROV. Muallifning She'ri
Bahodirov. Muallifning She'ri
No'malum. Muallifning She'ri
No'malum. Muallifning She'ri
No'malum. Muallifning Hikoyasi
No'malum. Muallifning She'ri
Xurshid Karim. Muallifning She'ri
No'malum. Muallifning Hikoyasi
Xurshid Karim. Muallifning She'ri