No'malum. Muallifning Hikoyasi
Bir dono ayolga hayotda tajribasi yo'q ayol xasrat va alam bilan murojaat qildi..
- Opajon men turmush o'rtog'im bilan ajralishmoqchiman. Men undan o'ch olmoqchiman. Unga shunday azob berayki! U qiynalsin, alamidan faryodi ko'kka yetsin. Nima qilsam u azobda qoladi?
Shunda dono ayol yosh juvonga shunday maslaxat berdi:
- Siz xojangizga go'yoki uni o'ta sevib qolgan ayol rolini o'ynang. Hammasi shundek tabiiy bo'lsinki, natijada u siz ko'rsatayotgan mehr muhabbatdan hech qayoqqa qocha olmay sizni sevib qolsin. Siz shunday harakat qilingki, o'zingizni telbalarcha sevdiring. U sizni sevib qolgandan so'ng esa... marxamat siz uni tashlab ketavering. Ana u azob dunyodagi eng oliy jazo bo'ladi!
Bu maslahat ayolga ma’qul tushib debdi:
- Agar maslahatingiz natija bermasachi?
Dono ayol:
- Albatta natija beradi. Menga ishoning,-debdi tabassum bilan..
Ayol uyiga jo'nab ketibdi. O'sha kundanoq dono ayol aytgan har bir so'ziga amal qila boshlabdi...
Oradan bir yilcha vaqt o'tib, ko'chada ushbu ayol dono ayol bilan behos uchrashib qolibdi..
Dono ayol so'rabdi:
- Nima bo'ldi? Hojangiz bilan ajralishmoqchi edingiz?
Shunda ayol javob beribdi:
- Men ajralisharkanmanmi? Men-a!? Men hayotimdan kechsam kechamanki, hayotim mazmuni bo'lgan hojamdan o'lgunimcha ajralmayman. Menga ularsiz, ularga mensiz hayot yo'q!- debdi...
Azizlar! Baxtiyor yashamoqlik yoki baxtsizlikdan ko'z yosh to'kmoqlik o'z qo'limizda...
No'malum. Muallifning She'ri
Xurshid Karim. Muallifning She'ri
Lochinbek Sharopov. Muallifning She'ri
Ibrohimbek BAHODIROV. Muallifning She'ri
Bahodirov. Muallifning She'ri
No'malum. Muallifning She'ri
No'malum. Muallifning She'ri
No'malum. Muallifning Hikoyasi
No'malum. Muallifning She'ri
Xurshid Karim. Muallifning She'ri
No'malum. Muallifning Hikoyasi
Xurshid Karim. Muallifning She'ri